«Liverpool» qishda yangi yarim himoyachi sotib olishi mumkin

  • 15.10.2026 14:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Meksikaning «Tixuana» jamoasi yarim himoyachisi Xilberto Mora yaqin vaqtlarda Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida Teamtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumoticha, «Liverpul» rahbariyati yanvar oyida ochiladigan transfer oynasi oldidan 18 yoshli iste’dodni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarini kuchaytirmoqda. Uning uchun asosiy raqobatchi sifatida amaldagi Angliya premyer-ligasi chempioni – Londonning «Arsenal» klubi tilga olinmoqda.

Meksika tomoni esa yosh futbolchini sotish orqali taxminan 35 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Joriy mavsumda Meksika chempionatida Xilberto Mora yettita uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi shu vaqt ichida beshta gol urishga va bir bor golli pas berishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!