
"Liverpul" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tishi mumkin
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi davralar oralig‘ida Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Belgiya terma jamoasi hujumchisini "Fiorentina" o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, "binafsharanglilar" hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi. Boisi, jamoaning 3 ta hujumchisi - Dushan Vlaxovich, Kristian Kuame va Patrik Kutrone A Seriyaning 13 ta turida bor yo‘g‘i 4 ta gol urdi xolos. Jamoa esa musobaqa jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
"Liverpul"ga Diogu Jota ko‘chib o‘tgach, Origi ham zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shu sababli ham u boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Fikrlar