
"Liverpul" hujumchisi "bo‘riga" aylanishi mumkin
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi qishki transfer oynasida mersisaydliklar tarkibini tark etishi mumkin.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli belgiyalikka "Vulverxemton" da’vogarlik qilmoqda. Futbolchi xizmatlariga "bo‘rilar"dan tashqari "Lids" va "Latsio" klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Origi barcha turnirlarda liverpulliklar safida 7 ta o‘yinda 1 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatma berdi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar