
“Liverpul” katta transferdan quruq qoldi
“Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot yozgi transferlar vaqtida o‘zi istagan o‘yinchini qo‘lga kirita olmaganini e’tirof etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar o‘z safida “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendini ko‘rishni istagan.
Avval ham ko‘p marotaba aytaganimdek, jamoamiz juda kuchli va uni yanada kuchaytira oladigan o‘yinchini topish oson emas.
Subimendi ana shunday o‘yinchilardan biri edi, biroq u jamoamizga kelishni istamadi.
Shu bois, biz qo‘l ostimizda bor futbolchilar bilan olg‘a intilamiz, - dedi Arne Slot.
Martin Subimendi “Real Sosedad” jamoasida 2020 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Anchadan beri grand klublar nishonida turgan futbolchining ispan klubi bilan hamkorligi 2027 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan.
Transfermarkt portali Subimendini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar