“Liverpul” kutilmaganda katta transferga qo‘l urdi

  • 6 avgust, 2024, 15:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi bosh murabbiy Arne Slot qo‘l ostida Angliya Premer-ligasi g‘olibligi uchun kurashga kirishayotgan “Liverpul” tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Liverpulliklar yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar o‘z tarkibiga yangi ijrochilarni qo‘shib olishni muo‘ljallagan.

The Sun nashrining yozishicha, mersisaydliklar himoyachi Mark Gexi uchun kurashga qo‘shildi. Bu futbolchini olmoqchi bo‘lgan klub katta xarajat qilishi kerak. Chunki “Kristal Pelas” o‘z o‘yinchisi uchun kamida 75 million funt (88 million evro) talab qilmoqda.

“Lierpul” 24 yoshli himoyachi uchun kurashda yana bir badavlat klub “Nyukasl” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Gexi yaqinda Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida Angliya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!