
"Liverpul" Origini sotmoqchi emas, ammo 20 mln funtlik taklif bo‘lsa uni qo‘yib yuborishi mumkin
Qishki transferlar davrida “Liverpul” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar kutilmayapti.
Liverpool Echo nashrining yozishicha, jamoaning hech bir futbolchisi “Liverpul”ni tark etishni xohlamayapti.
Ammo joriy mavsum 3 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi Divok Origining atrofida mish-mishlar ko‘paymoqda. 25 yoshli belgiyalik futbolchiga “Yuventus”, “Inter”, “Vulverxempton” va “Shalke” klublaridan qiziqishlar bor. Mersisaydliklar esa uni sotmoqchi emas.
Shu bilan birga, "Liverpul" Origining klub uchun juda ko‘p ish qilganini tushunadi va agar munosib taklif bo‘lsa, uni ushlab turmaydi. Ular taxminan 20 million funt sterling evaziga Origini qo‘yib yuboradi.
Fikrlar