
"Liverpul" posboni Ispaniya klubiga o‘tmoqda
"Real Betis" mersisaydliklar darvozaboni Adrianni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ispaniyalik posbonning "Liverpul" bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etishini inobatga olsak, "yashillar" safiga u erkin agent maqomida o‘tadi. Tajribali golkiper klub bilan bu borada og‘zaki kelishuvga erishgan. Rasmiy transfer iyul oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Sevilya klubi 37 yoshli futbolchi uchun begona emas. Adrian futbolchilik faoliyatini aynan shu jamoada boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Adrian "Liverpul"ning 3-darvozaboniga aylanib qolgan edi. U "qizillar" bilan 5 yil davomida barcha musobaqalarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar