
"Liverpul" tarkibida yo‘qotish
"Liverpul" vingeri Federiko Keza Chempionlar ligasi doirasidan o‘rin olgan "Bolonya"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot ma’lum qildi.
“U ertaga maydonga tusha olmaydi deb o‘ylayman. Balki u yakshanba kunga qadar safga qaytishi mumkin”, - dedi murabbiy.
26 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsum “Liverpul” tarkibida uchta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Liverpul" hamda "Bolonya" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvi 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar