"Liverpul" Van Deykga o‘rinbosar topdi
"Liverpul" Milanning "Inter" klubi himoyachisi Alessandro Bastonini nishonga oldi.
"TEAMtalk" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar italiyalik himoyachini mavsum yakunida sotib olishni rejalashtirmoqda. "Qizillar" Bastonini jamoa sardori Virjil van Deykga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda yoki uni aynan niderlandiyalik himoyachi bilan tandem sifatida o‘ynatishi ham mumkin. 26 yoshli futbolchiga Kataloniyaning "Barselona"si ham qiziqmoqda. Bundan tashqari, "Inter" italyan futbolchi uchun yangi shartnoma taklif qilishi ham mumkin. Bastonining narxi 80 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda umumiy 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar