“Liverpool” yangi himoyachi olyapti
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” himoya chizigʻini mustahkamlash maqsadida qishki transferlar davridayoq yangi ijrochilar olish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratyapti.
Ekvadorning Diario Expreso nashri xabar berishicha, mersisaydliklar yanvar oyida oʻz tarkibiga Xoelʼ Ordonyesni qoʻshib olishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ekvadorlik markaziy yarim himoyachi ayni paytda Belgiya chempionatida “Bryugge” klubi sharafini himoya qilmoqda.
21 yoshli futbolchi joriy oyning oʻzidayoq Angliya Premier-ligasiga koʻchib oʻtishi kutilyapti. Hozircha, bitim shartlari va transfer summalari oshkor qilinmagan. Shunga qaramay, “Liverpul” istiqbolli ekvadorlik himoyachiga qiziqayotgani 2025 yil oxiridayoq maʼlum boʻlgandi.
Transfermarkt portaliga koʻra, Ordonyesning bozor qiymati 28 million evroni tashkil qiladi. U “Bryugge” safida jami 105 ta oʻyin oʻtkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ekvador terma jamoasi uchun esa 14 marta maydonga tushgan.

Fikrlar