“Livepul” yangi mavsumga tayyor emas

  • 12 avgust, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoasiga bir qator yangi futbolchilar kelgani tufayli, ularning moslashishi uchun vaqt kerakligini aytdi.

Tecno

Angliya Superkubogining “Kristal Pelas”ga boy berilgan uchrashuvida Slot yozda kelgan to‘rt yangi futbolchi – Milosh Kerkez, Jeremi Frimpong, Florian Virts va Ugo Ekitikeni asosiy tarkibda maydonga tushirgan edi

“Liverpul”ning himoyasi zaif bo‘ldi, ikkinchi bo‘limda esa hujumda faol bo‘la olmadi. Slot bunga jamoaning tayyor emasligini sabab qildi.

- Yangi o‘yinchilar moslashib olishi lozim. Asosiy tarkibda to‘rt futbolchini almashtirdik. Hujumda va himoya uyg‘unligiga erishish uchun vaqt kerak, - dedi Arne Slot.

“Liverpul” Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumida chempionlik unvonini himoya qilishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!