
"Liverpul"da 4 nafar himoyachi nomzodi bor
"Liverpul" klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining himoya markazini mustahkamlamoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, xorvatiyalik himoyachi Deyan Lovren katta ehtimol bilan "Enfild"ni tark etadi. Shu bois mersisaydliklar uning o‘rnini egallaydigan munosib futbolchi qidirishmoqda. Ularning bu boradagi birinchi raqamli nomzodi "Espanol" himoyaichi Leandro Kabrera hisoblanadi. Uning tovon puli esa 15 mln evroni tashkil qiladi.
"Liverpul"da shuningdek Dan-Aksel Zagadu ("Borussiya Dortmund"), Tangi Kuassi (PSJ) va Zuxair Feddal ("Betis") kabi himoyachilar nomzodi ham bor.
Fikrlar