
“Liverpul”da o‘ynab yursang bo‘lmasmidi?
O‘z davrida “Liverpul”da porlagan Jorjino Veynaldum jamoa tanlashda xato qilgani ma’lum bo‘ldi. Yurgen Kloppning jamoada qolish taklifini rad etgan niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda PSJ safiga qo‘shilgandi.
Aslida Veynaldum “Barselona”ga o‘tishi kutilgandi. Biroq, parijliklarning katta maosh berishiga qiziqqan o‘yinchi manzilini o‘zgartirdi. PSJdagi faoliyati kutilganidek kechmayapti. Jamoada etakchilik qilishga ko‘nikkan yarim himoyachi Parij klubida asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda.
Jorjino kelasi yoz yana Angliyaga qaytmoqchi. Unga “Aston Villa” qiziqish bildirgan. Bu jamoani boshqarayotgan Stiven Jerrard Veynaldumning muxlisi hisoblanadi.
“Aston Villa” xo‘jayinlari jamoa oldiga Evropa miqyosidagi musobaqalarga yo‘llanma olish vazifasini qo‘ygan. Bosh murabbiy Jerrard bu ishni uddalashda Veynaldumning tajribasi qo‘l kelishiga ishonmoqda.
Fikrlar