
“Liverpul”ning ayyorligi o‘tmadi
“Liverpul” 2019 yildagi transfer uchun “Fulxem”ning haqini oxirigacha to‘lamagani aniqlandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar “Fulxem”dan 16 yoshli yarim himoyachi Xarvi Elliottni olgan. Tomonlar kompensatsiya miqdori bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. “Fulxem” 10 million funt talab qilgan, “Liverpul” esa atigi bir million bergan.
Xarvi Elliott transferi bo‘yicha ishni Professional futbolning kompensatsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi kzrib chiqdi va liverpulliklar tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan summani belgilab berdi. Unga ko‘ra, “Liverpul” rahbariyati “Fulxem”ga zudlik bilan 1,2 million funt to‘lab berishi kerak.
Elliottning keyingi ikki professional shartnomasidan “Fulxem” yana 500 ming funt oladi. Agar futbolchining o‘yini ochilib ketsa, uning sobiq jamoasi yana 2,3 million funtgacha bonus pullariga ega bo‘ladi.
Eng muhimi, agar “Liverpul” bu futbolchini boshqa klubga transfer qiladigan bo‘lsa, umumiy summaning 20 foizi “Fulxem” hisobiga o‘tkaziladi.
Xarvining o‘zi mavsumni ijara asosida “Blekbern” klubida o‘tkazmoqda. Yosh futbolchi Chempionshipda jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va sakkizta goli pas oshirdi.
Fikrlar