"Liverpul"ning ikki muhim futbolchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi ikki futbolchisi Alisson va Diogu Jotaxizmatidan noma’lum muddat foydalana olmaydi. Bu haqda bosh murabbiy Yurgen Klopp LASK klubiga qarshi Evropa ligasi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.

"Ikkala futbolchimiz ham safdan chiqdi. Alisson nisbatan kamroq o‘yin o‘tkazib yuboradi. Ammo uning kamida 1-2 hafta o‘ynay olmaslik ehtimoli ham bor. 

Dioguning tiklanishiga esa ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Aniq muddatni bilmaymiz, biroq rejalarimizni hozircha bu ikki yigitsiz amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!