"Lokomotiv" futbolchisiga APL klubi qiziqmoqda

  • 24 fevral, 2018, 15:54
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Anton Miranchuk Angliyaning “Bornmut” jamoasi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Yuqorida nomi tilga olingan manba tarqatgan xabarga ko‘ra, ingliz  klubi bosh skauti Stiv Gritt Evropa Ligasi “Lokomotiv”ning 1/16 final bosqichi doirasida Frantsiyaning “Nitstsa” klubiga qarshi birinchi bahsini tomosha qilish uchun kelgan. O‘sha bahsda 22 yoshli futbolchi golli uzatma amalga oshirishga erishgan edi.

“Bornmut” klubi egasi rossiyalik Maksim Dyomin sanaladi va u yozda Miranchukni sotib olmoqchi. Miranchukning transfer summasi 7 mln evroni tashkil etadi.

Bu mavsum Anton Rossiya Premer-ligasida 20 bahsda ishtirok etdi va 1 ta gol kiritib, 5 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!