
"Lokomotiv" "Sherif"ga imkoniyatni boy berdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi Antaliyadagi yig‘inini davom ettiryapti. Bugun "Temiryo‘lchilar" Moldovaning sovrindori - "Sherif" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.
Birinchi bo‘limda Aleksa Marushich, ikkinchi bo‘lim oxirlarida esa Artur Serobyan tomonidan kiritilgan gollar raqibga g‘alaba keltirdi - 0:2.
"Lokomotiv": Rahimjon Davronov, Vladimir Kozak, Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho, Davron Hoshimov, Ozodbek O‘ktamov, Bobur Asqarov, Muhriddin Zoirov, Quvonchbek Abraev, Levan Arveladze, Shodiyor Shodiboev.
Zaxiradan tushganlar: Jasur Hakimov, Xosrov Xananov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Sayiddin Mavlonov, Farruh Muxtorov.
"Sheriff": Emil Velich, Artur Serobyan, Rai, Nana Boake, Danila Forov, Rashid Akanbi, Aleksa Marushich, Papa Yade, Ajak Riak, Dan-Angelo Botan, Elayja Odede.
Fikrlar