"Lokomotiv" xorvatiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘z oldiga bir yil ichida Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan "Lokomotiv" legioner hujumchini qo‘shib olgani haqida xabar bergandik. Gap xorvatiyalik forvard Shime Jujul haqida ketmoqda.

Bugun 27 yoshli hujumchi "Lokomotiv" PFK bazasiga tashrif buyurib, 1+1 ko‘rinishdagi shartnomaga imzo chekdi. Ma’lumot uchun, Shime Jujul 1996 yil 10 yanvarda Xorvatiyaning Split shahrida tug‘ilgan. U mashhur "Xayduk" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O‘tgan mavsumni Singapur chempionati vakili "Geylan" tarkibida o‘tkazgan hujumchi 29 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan. Faoliyati mobaynida esa 153 ta uchrashuvda ishtirok etib, 58 bor gol muallifi bo‘lgan.

loko_1

 

Manba: "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!