
London klubi darvozabon transferini e’lon qildi
Praganing "Sparta" klubi darvozaboni Antonin Kinski faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.
Sobiq "Saturn" (Ramenskoe) darvozaboni Antonin Kinskining o‘g‘li "Tottenxem" klubida faoliyatini davom ettiradi. "Shporlar" Kinskini o‘z futbolchisi sifatida tanishtirishdi. Transfer summasi taxminan 10 million evroni tashkil qildi.
21 yoshli chex turli yosh toifalarida milliy terma jamoa safida o‘ynash tajribasiga ega.
"Tottenxem" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi va kuchli beshlikdan 11 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar