Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining o‘tkazilish sanalari e’lon qilindi

  • 20 fevral, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

2028 yil AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining o‘tkazilish sanalari rasman e’lon qilindi.

Tecno

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, LA-28 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilning 15-27 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiya o‘yinlari esa 14-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Ta’kidlash kerakki, Los-Anjeles bundan avval 2 marta Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan (1932, 1984), biroq Paralimpiya o‘yinlari ushbu shaharda birinchi marta o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!