Luis Enrike Mbappening joyini almashtirmoqchi

  • 4 yanvar, 2024, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir necha klublari Kilian Mbappeni talashayotgan bir paytda PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchiga yangi vazifa yuklashni rejalashtirmoqda.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis 25 yoshli o‘yinchiga erkin ijodkor sifatida maydonning istalgan nuqtasida o‘ynash vakolatini bergan bo‘lsa-da, undan himoyaga ko‘proq yordam berishni ham talab qilayotgan edi.

So‘nggi uchrashuvlarda Kilian asosan markaziy hujumchi sifatida to‘p tepdi.

Mavsumning ikkinchi yarmida Luis Enrike Kilian Mbappedan boshqa usulda foydalanmoqchi. Frantsiya matbuotining yozishicha, murabbiylar shtabi jamoaning asosiy yulduzini chap qanotda o‘ynatishni rejalashtirmoqda.

Luis Enrike hujum markazida Randal Kolo-Muani yoki  Gonsalo Ramushdan ko‘proq foydalanishga qaror qilgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!