Luis Enrike Neymar haqida nimalar dedi?

  • 19 avgust, 2023, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Parij klubidagi olti yillik faoliyatidan keyin Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Neymarning transferiga munosabat bildirdi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis braziliyalik yulduz atrofida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, Neymarning tanlovi o‘zi uchun ham, klub uchun ham foydali bo‘lganini ta’kidladi.

- Men buni mag‘lubiyatsiz qaror sifatida qabul qilaman. Men kelganimdan beri Neymar amalga oshirgan xatti-harakatlari uchun undan minnatdorman. Neymar jahon darajasidagi o‘yinchi va men kelajakda unga muvaffaqiyat tilayman, - dedi Luis Enrike.

Neymar endi ikki yil davomida “Al-Hilol” jamoasi sharafini himoya qiladi. Kelishuv bo‘yicha unga 300 million evroga yaqin xizmat haqi to‘lanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!