Luis Enrique: "PSJ g‘alabaga to‘liq munosib bo‘ldi"
Luis Enrique PSJning "Chelsi" ustidan qozongan g'alabasiga baho berdi.
Javob uchrashuvida parijliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonib, ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:2 hisobida keyingi bosqichga yo'l oldi.
"Futbolda mukammallik yo'q, ammo aytishim kerak, birinchi o'yin juda og'ir kechdi — ayniqsa dastlabki 80 daqiqa. O'sha natijadan keyin biz kechagi bahs davomida ham o'yin darajamizni saqlab qoldik. Javob o'yini boshqacha o'tdi, chunki biz qarshi hujumlarda juda aniq harakat qildik va ikkita gol urib, o'yin taqdirini hal qildik.
Bunday o'yinni nazorat qilish har doim qiyin, chunki “Chelsi” tezkor gol urishga intiladigan kuchli jamoa. To'pni nazorat qilish ham oson emas, ammo asosiy omil qarshi hujum va to'p nazorati o'rtasidagi muvozanat bo'ldi. To'p bilan himoyalanish — bizning asosiy vazifalarimizdan biri. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik va g'alabaga munosib bo'ldik.
Barcha, ayniqsa Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoalar, bizni hurmat qiladi. Ular qanday o'ynashga harakat qilayotganimizni biladi. Bu hurmat juda muhim. Bu jamoaning bir qismi bo'lish yoqimli, biz keyingi bosqich o'yinlarini intiqilik bilan kutyapmiz", — dedi Enrique.

Fikrlar