
Lukaku 24 yoshida Belgiya terma jamoasi to‘purarlariga etib oldi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku kecha bo‘lib o‘tgan Meksikaga (3:3) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida dubl qayd etishga erishdi.
E’tiborlisi, 24 yoshli futbolchi bu bilan o‘zining terma jamoadagi gollari sonini 30taga etkazib oldi. Unga bu natijani qayd etishi uchun bor yo‘g‘i 61ta o‘yin kifoya qildi.
Ta’kidlash lozimki, Lukaku bu borada Belgiya terma jamoasining sobiq a’zolari Bernard Vorxof va Polya van Ximstlarga tenglashib oldi. Ushbu futbolchilar hisobida ham 30tadan gol mavjud edi.
Fikrlar