
Lukakudan yuz o‘girishdi
“Chelsi” qutilishga harakat qilayotgan yana bir qimmatbaho futbolchilardan biri Romelu Lukaku hisoblanadi.
“Aristokratlar” safiga ikki marotaba qo‘shilgan belgiyalik forvard London klubida o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin ijarama-ijara yurishiga to‘g‘ri kelyapti.
Lukakuning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Shu bois, “aristokratlar” kelayotgan yozda uni sotib yuborib, sarflangan mablag‘ning bir qismini qaytarishga urinib ko‘radi.
“Chelsi” mutasaddilari Lukakuni Saudiya klublariga taklif qildi va unga 60 million evro miqdorida narx qo‘ydi. Bu birinchi variant hisoblanadi.
Yana bir yo‘li hujumchini “Roma”da qoldirish. Buning uchun Rim klubi bu yil Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak. Lekin Italiya klublari odatda qimmat transferlarni amalga oshiravermaydi.
Agar bu ikki variant o‘xshamasa, “Chelsi” Evropaning boshqa klublaridan taklif kutishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar