Lukas Paketa "Flamengo"ga qaytdi

  • 31.01.2026 02:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Lukas Paketa yana "Flamengo" safida to‘p suradi.

Yarim himoyachi 2019 yilda tark etgan jamoasiga qayta qo‘shildi. O‘shanda "Milan" uning transferi uchun taxminan 35 million yevro to‘lgan edi. Endi esa "Vest Xem" futbolchini, insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 42 million yevroga sotdi. Bu Braziliya klublari uchun rekord summa hisoblanadi.Fabri

Paketa "Flamengo"da 20-raqam ostida o‘ynaydi. Uning shartnomasi 2030 yil oxiriga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Lukas Angliya Premier-ligasida 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!