Lukas Vaskes: Benzema - fenomen
Madridning “Real” klubi forvardi Lukas Vaskes kecha “Alaves”ga (4:0) qarshi bahsdan so‘ng frantsiyalik jamoadoshi Karim Benzemaga nisbatan iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
“Benzema uchun xursandman, chunki u haqiqiy fenomen. Karim ushbu bahsda gol urishga loyiq edi.
O‘zimga keladigan bo‘lsam, men “Real” safida yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishmoqchiman. Ayni damdagi holatim kuzdagidan ko‘ra ancha yaxshi va men ushbu tezlikni pasaytirmasligim kerak”, - deydi Vaskes.
Ma’lumot uchun, Lukas Vaskes joriy mavsum La Ligada jami 22ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar