Lyakazett MLSga yo‘l olishi mumkin

  • 30 noyabr, 2023, 19:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Lion" a’zosi Aleksandr Lyakazett faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Unga "Los-Anjeles" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Relevo" nashri. 

Manbaning ta’kidlashicha, Amerika klubi qishki transferlar oynasida jamoadan ketayotgan Chicharitoning o‘rniga hujumchi sotib olishni maqsad qilgan. Variantlar orasida Alvora Morata ham bor edi, lekin ispan "Atletiko"ni tark etishni rejalashtirmayapti. 

Lyakazettning "Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Yangi bitim borasida mish-mishlar yo‘q. Ayni payida klub Liga 1da 18-o‘rinni band qilib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!