Lyuka Puyning kuchdi zarbasi yaponiyalik tennischini qulatdi
Frantsiyalik Lyuka Puy va yaponiyalik Yuiti Sugita Dubay shahrida ATR tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro turnirning chorak finalida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvda Lyuka yaponiyalik raqibini uch setda - 3:6, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
Endi u "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2018" turnirining finaliga chiqish uchun rossiyalik Evgeni Donskoy, yoki serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar