"L’Équipe" nashri "Oltin to‘p" masalasida muhim messej yo‘lladi
Xabaringiz bor, ertaga "France Football" nashri o‘tgan mavsumning eng yaxshilarini aniqlaydi. Jumladan, "Oltin to‘p" ham o‘z egasini topadi.
Frantsuz nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, "France Football" "Oltin to‘p" g‘olibiga bu haqda aytmagan. Ya’ni sovrin egasining o‘zi ham buni ertaga marosim davomida bilib oladi.
Avvallari joriy yildan farqli g‘olib va uning yaqinlaridan bir necha kun oldin intervyular olinardi. Bu yildan intriga yuqori bo‘lishi va barcha nomzodlar marosimga tashrif buyurishini ta’minlash uchun shunday qoida joriy qilindi.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda g‘olib bo‘lish uchun ko‘proq uch futbolchining nomi tilga olinmoqda. Bular Usmon Dembele (PSJ), Lamin Yamal ("Barselona") va Rafinya ("Barselona").



Fikrlar