
Madridga bekor kelibman!
Norvegiyalik to‘purar Aleksandr Syorlot yozda katta umidlar bilan “Atletiko”ga safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Biroq 28 yoshli hujumchining Madrid klubida ishlari yurishmayapti. Hozirga qadar u Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida jami 11 marotaba maydonga tushib, atigi bitta gol muallifi bo‘ldi.
O‘tgan mavsum “Vilyarreal”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan futbolchi uchun “matraschilar” 32 million evro to‘lagan edi. Hozircha bu transfer o‘zini oqlagani yo‘q.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Syorlotga bosh murabbiy Diego Simeone qo‘llayotgan taktika to‘g‘ri kelmayapti. Argentinalik mutaxassis jamoasini kuchli himoyalanib, tezkor qarshi hujumga o‘tish orqali o‘ynashga o‘rgatgan.
Endi Syorlot Angliya Premer-ligasiga o‘tishni ko‘zlayapti. Tajribali o‘yinchiga “Vest Xem” bosh murabbiyi Xulen Lopege qiziqish bildirgan. Bu transfer yanvar oyiga mo‘ljallanmoqda.
Aleksandr Syorlot faoliyati davomida Norveniya, Niderlandiya, Daniya, Angliya, Belgiya, Turkiya, Germaniya, Ispaniya chempionatlarida to‘p tepgan.
Fikrlar