Madridga superto‘purar kerak

  • 26 aprel, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya chempionligi uchun kurashayotgan “Sporting” jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh yozgi transferlar oynasida katta ehtimol bilan klubni tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Shu sababli 26 yoshli shved futbolchisi uchun Evropaning deyarli barcha yirik klublari kurash olib bormoqda.

Dyokeresh uchun navbatdagi manzil Angliya Premer-ligasi bo‘lib turibdi. “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” kabi top-klublari unga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Biroq Ispaniya sport nashrlarining xabar berishicha, “Atletiko Madrid” ingliz klublarining moliyaviy ustunligiga qaramay, Dyokereshni La Ligaga olib kelish uchun bor kuchini ishga solmoqchi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy transfer narxi 68 million funt sterlingga baholanmoqda. 

Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone kelasi mavsum oldidan tarkibga jiddiy  o‘zgartirishlar kiritish rejasini tuzmoqda. Shu bois, rahbariyat uni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!