Madrimovning bo‘lajak raqibi dunyoning eng zo‘r bokschichi deb topildi!

  • 13 iyul, 2024, 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Uch vazn toifasida jahon chempioni va pound-for-pound reytingi etakchisi amerikalik Terens Krouford ESPY talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Tecno

Mukofotga shuningdek Aleksandr Usik, Naoya Inoue va Senesa Estrada ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.

Terens Krouford 36 yoshda. U engil vazn toifasida sobiq chempion (61,2 kg gacha), shuningdek, birinchi yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq chempion (63,5 kg gacha) hisoblanadi.

2023 yil 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundning boshidayoq to‘xtatib, yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg gacha) mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Umuman olganda, amerikalik bokschi faoliyati davomida 40 ta g‘alabaga (31 ta nokaut bilan) erishgan va bitta ham jangda mag‘lub bo‘lmagan.

3 avgust kuni Terens WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni va WBO yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun jang qiladi. Uning raqibi hamyurtimiz Isroil Madrimov bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!