
Magomed Ankalaev: "Aleks Perreyra bilan revansh birinchi jangdan ancha osonroq kechadi, chunki..."
UFC ning yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida amaldagi chempioni Magomed Ankalaev braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi revansh haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘ylashimcha, revansh avvalgi jangga nisbatan ancha oson kechadi. Chunki statistikaga ko‘ra, menga qarshi revanshlar raqiblar uchun xavfli. Perreyra bu safar ajoyib formada bo‘lishini istayman — shunda natijaga shubha qolmaydi. Uning formasi shunday yuqori bo‘lishi kerakki, zero jangdan keyin hech qanday bahona qilolmasin", — dedi rossiyalik "Sport24" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ankalaev (20-1-1-1 N/C) va Perreyra (12-3) o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv 25 oktyabr kuni "UFC 320" turnirida o‘tkaziladi.
Fikrlar