Maguayr jamoa tizimi haqida: "Sistemani emas, ijroni tanqid qilish kerak"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr jamoa o‘yin uslubiga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga javob berdi.
"Sistemani tanqid qilish oson, chunki biz g‘alaba qozonmayapmiz. Bizda doimiy sxema yo‘q. Ko‘p vaziyatlarda to‘rtta himoyachi bilan o‘ynaymiz.
Murabbiy Amorim kelganidan beri hammamiz mamnunmiz. Tizimni joriy etish oson, lekin uning samarasi futbolchilarning ijrosiga bog‘liq.
Agar sen yaxshi futbolchi bo‘lsang, har qanday uslubda to‘p sura olasan", – deya savollarga javob berib o‘tdi angliyalik himoyachi.



Fikrlar