
Mahmud Muradov braziliyalik raqibini jangga chorladi
UFC promoushenidagi birinchi o‘zbek jangchisi Mahmud Muradov (24-6) navbatdagi jangi va qoldirilgan to‘qnashuvdagi braziliyalik raqibi Antnio Karlos (10-4-1) haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Dunyoda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat asta-sekin yaxshilanmoqda va shu munosabat bilan Chexiya Respublikasida, umuman Evropada ham cheklov choralari asta-sekin yumshatilmoqda. Barchaga ma’lumki, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat UFCning TOP 15 taligidan o‘rin olgan raqibim Karlos bilan jang qilishimizga to‘sqinlik qildi. Yaqin kelajakda hamma narsa joyiga tushadi va chegaralar parvozlar uchun ochiladi, deb umid qilaman. Men jangga butunlay tayyorman. O‘ylaymanki, raqibim tugallanmagan ishimiz borligini unutmagan. Men tez orada navbatdagi jangimni o‘tkazaman va barchangizni mamnun qilaman degan umiddaman",- deya Muradov o‘z Facebook sahifasiga yozib qoldirgan.
Shuningdek, yurtdoshimiz Antonio Karlosga o‘z Twitter sahifasi orqali murojaat ham qilgan.
Salom Antonio Karlos! Bilishimcha sen allaqachon jarohatingdan sog‘ayib, mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan ko‘rinasan. Ho‘sh, tugallanmagan ishimizni oxiriga etkazib qo‘yishga va bir oktagonda hisob-kitob qilishga nima deysan? Kel, muxlislarga ajoyib jang ko‘rsatamiz. Ho‘sh, tayyormisan?" - deya izoh qoldirgan.
Fikrlar