Makgregorning do‘sti: "Konorni yana Xabib Nurmagomedovga qarshi qo‘ying va keyin nima bo‘lishini o‘zingiz ko‘rasiz!"

  • 10 oktabr, 12:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MisFits ligasining yarim og‘ir vazn toifasidagi chempioni Dillon Denis irlandiyalik Konor Makgregor va rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi mashhur jang haqida fikr bildirdi. 

Tecno

You Tube dagi jonli efir chog‘ida Demetrius Jonson Denisga murojaat qilib:

"Sen o‘sha kechasi Xabibni urmagansan — Nurmagomedov do‘stingni bo‘g‘ib engdi, sen esa faqat tomosha qilib o‘tirding", — dedi.

Bunga javoban Dillon shunday dedi:

"Men  Xabibga bir necha zarbalar berganman, xavotir olma. Faqat Konorga revansh bering va keyin nima bo‘lishini o‘zingiz ko‘rasiz!"

Eslatib o‘tamiz, Dillon Denis Makgregorning yaqin do‘sti hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!