
MakGregorning murabbiyi undan xavotirda
Murabbiy Jon Kavana irlandiyalikning uzoq vaqt davomida jarohat olib davolangani va oktagonga qayta olmagani uchun uning ruhiy salomatligidan xavotirda ekanligini tan oldi.
“Yolg‘on gapirmayman: Konorning ruhiy sog‘lig‘idan xavotirda edim. Ammo bugun men MakGregor ajoyib sparring-sheriklari bilan mashg‘ulotlarni boshlaganini bildim.To‘g‘ri,buni haqiqiy janglar bilan taqqoslab bo‘lmaydi,lekin hech bo‘lmaganda Konor mashg‘ulot o‘tkazmoqda va bu biz uchun o‘ta muhim."
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mutaxassis MakGregor keyingi jangini yozda o‘tkazishi mumkinligini aytgandi.
Fikrlar