Maksim Shatskix: "Futbolchilar men uchun qahramon"

  • 27 sentabr, 00:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” - OKMK (1:0) bellashuvida keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Maksim Aleksandrovich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasidagi fikrlaringiz?

- Tabrik uchun rahmat. Barchamiz baxtlimiz. Bu biz uchun juda muhim g‘alaba edi. Bu g‘alabani .“Andijon” 16 yil kutdi. Agar o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, yaxshi harakat qildik, deb o‘ylayman. Ikkinchi taym oxirlarida asosan hisobni ushlab qolish uchun harakat qildik. Sabr bilan o‘ynadik va o‘z maqsadimizga erishib, g‘alaba qozondik.

- O‘yindan qoniqdingizmi?

- Ha, qoniqdim. Biz OKMKga qarshi nimalarni rejalashtirgan bo‘lsak, barchasini bajardik. Bir so‘z bilan aytganda, gap yo‘q. Futbolchilar men uchun qahramon.

- Otabek Jo‘raqo‘ziev “Olimpik”da ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Ammo “Andijon”da oxirgi paytlarda o‘sini biroz pasaygandek. Bunga fikringiz qanday?

- Bilmadim, balki ayrim paytda ishonchsizlik yo‘qolgandir. Har qanday o‘yinchi vaziyatlarni yaxshi his qilishi kerak. Yangi jamoa, yangi muhit bo‘lishi mumkin. Balki futbolchiga bo‘layotgan talablar oldingidek bo‘lishi mumkin, lekin jamoa va jamoadoshlar u uchun yangi. Avval ham aytganman, biroz vaqt kerak, deb o‘ylayman. U yaxshi futbolchi va o‘zini ko‘rsata oladi.

- Keyingi o‘yin OChL 2 doirasida Qatarning “Al-Ahli” klubiga qarshi bo‘ladi. Bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik va reja qanday bo‘ladi?

- Barchasi reja asosida. Tayyorgarlik davom etyapti.

- Ushbu uchrashuvda ham g‘alaba kutyapmiz...

- Albatta, biz ham - barchamiz g‘alaba kutyapmiz. Har doim g‘alabani xohlaymiz. Ishoning, har bir uchrashuvda g‘alabani ko‘zlab maydonga tushyapmiz. Afsuski, bu har doim ham amalga oshavermaydi.

- Oldingi uchrashuvda ham, bugun ham jamoa golli vaziyatlar yaratyapti, ammo etarlicha foydalana olmayapti...

-  “So‘g‘diyona”ga ikkita gol urdik, bugun bitta urdik. Nima, har o‘yinda 5 ta gol urishimiz kerakmi? Biz “Andijon”miz, “Barselona” emasmiz. “So‘g‘diyona” bilan uchrashuvni to‘g‘risi eslashni ham xohlamayman. O‘yin nazoratimiz ostida o‘tdi, yutishimiz kerak edi. Lekin, mayli, hammasi uchun rahmat. Oxirgi daqiqada hisobni tenglashtirdik. Yaxshi harakat qilyapmiz, faqat yakunda kamchiliklarimiz bor. OKMK bizning darvozamizga birinchi taymda faqat bir marta zarba yo‘lladi, xolos. Ikkinchi taymda esa tushunishimiz kerakki, biz hisobni ushlab qolish uchun kurashganimizda ular ko‘proq hujum qildi. Biz bu g‘alabaga loyiq edik. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!