Maksim Shatskix Kubok finalida kimning g‘alabasini xohlayapti?

  • 30 oktabr, 2022, 10:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Buxoroda O‘zbekiston Kubogi finalini ko‘ramiz. Maydonda “Nasaf” hamda “Navbahor” to‘qnash kelar ekan, o‘yin qanday o‘tishini o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ravering, boz ustiga bu Kubok finali bo‘lsa!

Tecno

Har doim finallarda ko‘rishga odatlanib qolganimiz – “Paxtakor” bu safar final maydonida bo‘lmaydi. Yarim finalda “Navbahor”ga mag‘lubiyatga uchraganini yaxshi bilasiz. Shu sababli ular uchrashuvni chetdan kuzatishga majbur.

Final oldidan “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskixning fikrlarini eshitish qiziq edi. Shu bois Maksim Aleksandrovich Sports.uz uchun qisqacha o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

“Bugungi finalda ikkala jamoaning imkoniyatlarini teng baholayman 50x50. Men kimning g‘alabasini xohlayman? Ikkalasining. Chunki “Nasaf” ham, “Navbahor” ham kuchli raqiblar. O‘yin taqdirini bir-ikkita futbolchi emas, butun jamoa hal qiladi. Menga ham hammasi qiziq. Ammo uchrashuv taqdiri asosiy vaqtda hal bo‘ladimi yoki penaltilar seriyasidami, taxminlarni aytishga odatlanmaganman”, - deydi Shatskix.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
30/10/2022 11:08
Шу жойгача етиб келибдими хар икки жамоа ғалабага хақли ва муносиб. Кучлиси ғалаба қилсин. Пахтакор мухлиси.