"Manchester Siti" 87 million evroga yangi futbolchi sotib olmoqchi
"Manchester Siti" jamoasi yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirish rejacini tuzmoqda.
"Daily Express" nashrining xabar berishicha, "shaharliklar" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun 75 million funt (taxminan 86,5 million evro) miqdoridagi taklifni tayyorlamoqda. Ushbu taklif yozda berilishi mumkin. Shu bilan birga, Gvardiola jamoada futbolchilar orasida raqobatni kuchaytirish niyatida.
Shuningdek, 22 yoshli futbolchiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Xozirda futbolchining trasfermarkt portalidagi narxi 32 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Anderson sentyabr oyida Angliya terma jamoasi tarkibida debyut qilgan edi. O‘shandan beri yarim himoyachi 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Elliot 2024 yilda "Nottingem Forest" safiga kelib qo‘shilgan. U "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.



Fikrlar