“Manchester Siti” darvozabon uchun ikki baravardan ortiq haq so‘radi
Turkiyaning amaldagi chempion “Galatasaroy” anchadan beri “Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Ederson Moraesni transfer qilish istagini bildirmoqda.
Istanbulliklar braziliyalik golkiperni so‘rab, “shaharliklar”ga bir necha bor murojaat qildi. Turklar oxirgi taklifida Ederson uchun 10 million evro atrofida badal puli berilishini bildirdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, bu summa manchesterliklarni qoniqtirgani yo‘q. Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” Turkiya chempionlarian 32 yoshli darvozabon uchun 25 million evro so‘ragan.
Edersonning o‘zi “Galatasaroy” mutasaddilari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan va tezroq Superligaga ko‘chib o‘tmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.



Fikrlar