"Manchester Siti" futbolchisi faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin

  • 22.12.2025 17:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Oskor Bobb APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Mail Sport" nashri xabar bermoqda. 

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda norvegiyalik futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Burgutlar" Bobbni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirgan. 

Oskarning hozirda transfer bozoridagi narxi 25 million evroni tashkil etadi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli vinger joriy mavsum Gvardiola qo‘l ostida 17 ta uchrashuvda harakat qildi. Ushbu bahslarda futbolchi 1 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!