"Manchester Siti" futbolchisiga Turkiyadan rasmiy taklif bor

  • 16 avgust, 21:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" darvozaboni Ederson Moraes faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Galatasaray" braziliyalik posbon uchun "Siti"ga 10 million evrolik taklif jo‘natgan. Biroq, "shaharliklar" bu transferdan ko‘proq pul ishlab olishni maqsad qilgan. Agar Ederson jamoani tark etsa, klub uning o‘rniga PSJ darvazoboni Donnarummani o‘z safiga qo‘shib oladi. Shuningdek, "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Gvardiola jamoaning asosiy darvazoboni deb - Edersonni e’tirof etgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirda 31 yoshli darvozaboning Transfermarkt portalidagi narxi 20 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!