"Manchester Siti" ketma-ket 4 ta o‘yinda "Chelsi"ni mag‘lubiyatga uchratgan ikkinchi jamoa bo‘ldi
“Manchester Siti” premer-liganing 19-turida safarda “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).
E’tiborlisi, "shaharliklar" turli turnirlarda “Chelsi”ni ketma-ket 4 marta gol o‘tkazib yubormasdan mag‘lub etgan tarixdagi ikkinchi klub bo‘ldi. Bundan oldin esa 1958-1960 yillarda faqatgina “Bolton” ushbu muvaffaqiyatga erishgan xolos.
Avvalroq “Manchester Siti” Angliya liga kubogida (2:0) va premer-ligada (1:0, 1:0) “Chelsi”ni mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 8 yanvar kuni Angliya kubogining 3-bosqichida “Chelsi”ni qabul qiladi.

Fikrlar