«Manchester Siti» murabbiyi Mareska: "hozir jamoada qayta qurish jarayoni ketmoqda"

  • 09.08.2026 20:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoaga kelishi futbolchilar uchun o‘zini qaytadan namoyon etish imkonini berganini ta’kidladi.

 

«Jamoaga kelgan kunimoq, futbolchilarga aytgan yagona gapim shu bo‘ldi: men uchun bu – to‘liq qayta boshlash. Har bir futbolchi mening ko‘zimda noldan, bir xil start chizig‘idan boshlaydi. Yozgi yig‘inlar, ma’lum ma’noda, transfer oynasi qanday kechishini ham belgilab beradi. Hamma uchun signal aniq: hozir bizda jamoa qayta yuklanmoqda.

Ish jarayoni birinchi kundanoq yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Futbolchilar yangi murabbiy bilan ishlashga tayyor ekanini ko‘rsatishdi. Biz taktik qurilishlarda, to‘p bilan va to‘psiz o‘yinda ayrim o‘zgarishlar kiritdik, boshqa jihatlarga ham e’tibor qaratdik. Asosiy yangilik shu, ammo bu yerda yillab mehnat qilayotganlarning ishga bo‘lgan munosabati ham juda muhim. Birgalikda o‘tkazgan shu 10 kunimiz katta ahamiyatga ega. Menga futbolchilar bilan yaqin aloqa kerak, bu kelajak uchun juda muhim», — deya Mareskaning so‘zlarini klubning rasmiy sayti keltirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!