"Manchester Siti" Oskar Bobbni "Fulxem"ga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi
"Sky Sports" xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" va "Fulxem" 22 yoshli qanot hujumchisi Oskar Bobb transferi yuzasidan kelishuvga erishdi. Bitim qiymati 27 million funt sterlingni tashkil etadi.
Ma’lum qilinishicha, "shaharliklar" futbolchining keyingi sotuvidan tushadigan mablag‘ning 20 foizini ham oladi.
Oskar Bobb 2023 yildan buyon "Manchester Siti"ning asosiy jamoasida harakat qildi. U barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol muallifi bo‘ldi. Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida esa Bobb 9 ta o‘yinda 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar