
“Manchester Siti” qishda qimmat transfer amalga oshirmoqchi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri tizzasidan olgan jiddiy jarohati sabab, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Endilikda “shaharliklar” qishgi transferlar oynasida yangi tayanch yarim himoyachisi xarid qilishmoqchi.
Transfer News Live portali xabar berishicha, APL grandi yangi futbolchi uchun 95 million evro pul ajratadi. Hozircha, klub kimni sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Joriy mavsum Gvardiola jamoasi APLda 17 ochko to‘plab, 2-o‘rinda ketmoqda. Ularning navbatgadi o‘yini 20 oktyabr kuni “Vulverhempton”ga qarshi bo‘ladi.
Fikrlar