
"Manchester Siti" rahbariyati Silva, Delf va Danilolarning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi
"Manchester Siti" klubi rahbariyati yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirishni boshladi.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” dastlab bu boradagi ishlarni yarim himoyachi Davida Silva va himoyachilar Danilo hamda Fabian Delflardan boshladi. Angliya chempionlari 33 yoshli ispaniyalik futbolchini tarkibda saqlab qolishmoqchi. Biroq, braziliyalik va angliyalik himoyachilar agar ketishni xohlashsa, o‘zlariga yangi jamoa qidirishni boshlashlari mumkin.
O‘z navbatida bosh murabbiy Xosep Gvardiola esa yuqorida nomlari tilga olingan uchchala futbolchini ham qolishga ko‘ndirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Silva hamda Delflarning “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomalari 2020 yilga qadar imzolangan. Daniloniki esa 2022 yilda nihoyasiga etadi.
Fikrlar