“Manchester Siti” Xoland o‘rniga boshqa to‘purar topib qo‘ydi

  • 12 oktabr, 2024, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning eng zo‘r to‘purari Erling Xoland klub bilan shartnomani uzaytirgani yo‘q. Kelishuvga erishilgan holda ham norvegiyalik futbolchi o‘zini boshqa klubga transfer qilish imkoniyatini beruvchi band kiritilishini ta’minlaydi.

Tecno

“Shaharliklar” har ehtimolga qarshi Xolandning ketishiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘yamoqchi. Manchesterliklar kelajakda asosiy to‘purar vazifasini bajara oladigan nomzod topdi.

Football 365 nashrining yozishicha, “Manchester Siti” mutasaddilari Lissabonning “Sporting” klubida o‘ynayotgan shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokereshning o‘yini ma’qul tushgan.

26 yoshli futbolchi bir necha mavsumdan beri barqarorligini saqlab qolmoqda. Uning transfer summasi muntazam ko‘tarilyapti.

Hozirda Dyokeresh barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda qatnashb, 12 ta gol va uchta assist muallifi bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali lissabonliklar bilan 2028 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchini 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!